O‘zbekiston | 13:48 / 29.02.2016
3743
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbek olimlari pnevmomexanik yigiruv mashinasining ip o‘tkazgich qurilmasini ishlab chiqishdi
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti olimlari pnevmomexanik yigiruv mashinasining ip o‘tkazgich qurilmasini ishlab chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston intellektual mulk agentligi Axborot xizmati xabar bergan.
Mazkur yangi qurilma to‘qimachilik sohasida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Uning vazifasi – olinayotgan ip sifatida yanada oshirish hisoblanadi.
Oybek Madrahimov, Qobul G‘afurov, Botir Mardonov va Jahongir G‘afurov tomonidan ishlab chiqilgan mazkur qurilma uchun patent berilgan.