O‘zbekiston | 23:45 / 29.02.2016
6175
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yangi tashqi savdo kompaniyasi tashkil etilmoqda

"O‘zbekoziqovqatxolding" oziq-ovqat xoldingi tarkibida "O‘zagroeksport" tashqi savdo kompaniyasi yaratilmoqda. Bu kompaniyaga xolding korxonalari mahsulotlarini eksport qilish vazifasi yuklanadi.

"O‘zbekoziqovqatxolding" xolding kompaniyasi tarkibiga meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va sublimatsiya qilish (konservalash usuli) bo‘yicha 39 ta korxona, 45 ta go‘sht va sutni qayta ishlash korxonasi, taomga ishlatuvchi boshqa mahsulotlarni qayta ishlash va ishlab chiqarish bo‘yicha 79 ta korxona, 13 ta xizmat ko‘rsatuvchi korxona hamda 13 ta savdo-logistika markazi va qurilayotgan korxonalar direksiyasi kiradi.