Jamiyat | 19:06 / 29.02.2016
11627
1 daqiqa o‘qiladi
Sharjalik yigit o‘z otasini «jinlar buyurgani» uchun o‘ldirib qo‘ydi
AQShdan Sharjaga qaytib kelgan yigit singan stol oyog‘i bilan otasini o‘ldirib qo‘ygan va politsiyaga bu ishni «jinlar buyurgani» uchun amalga oshirganini aytgan.
Qotilning onasi aytishicha, o‘g‘li AQShdagi o‘qishidan qaytib kelgandan keyin unda ruhiy muammolar kuzatilgan va shifokor u o‘z joniga qasd qilishi mumkinligini ta'kidlagan.
So‘roqlar davomida, u otasini stol oyog‘i bilan urayotganda «g‘alati» so‘zlarni takrorlaganligini aytib o‘tgan.
«O‘g‘lim menga har doim uning ichida qandaydur jin borligini va unga nimalardir qilishi kerakligini aytar ekan», - deydi uning onasi.