Jahon | 08:11 / 29.02.2016
10458
1 daqiqa o‘qiladi
Yatsenyuk Ukrainaning 1 mln gektar yerini sotish lozimligini aytdi
Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk yer islohoti doirasida ochiq auksionda davlatga tegishli 1 mln gektar yerni sotish lozimligini aytdi. Bu haqda "112 Ukraina" telekanali xabar berdi.
"Yer islohotini davom ettirish lozim. Ochiq auksionda yashirin yoki korrupsiyalashgan oborotda bo‘lgan, davlatga tegishli bo‘lgan 1 mln gektar yerni sotish lozim, deb hisoblayman", deb aytdi Yatsenyuk.
Shuningdek, Ukraina vazirlar mahkamasiga 1 martgacha Ukrainada qishloq xo‘jaligi yerlari oborotini tartibga soluvchi qonun loyihasini tayyorlash vazifasi yuklandi.