Fan-texnika | 23:37 / 01.03.2016
3863
3 daqiqa o‘qiladi

Audi kompaniyasi eng kichik krossoverini taqdim qildi

Audi kompaniyasi Jyeneva avtosaloniga ixcham Q2 krossoverini olib keldi. Yangi avtomobil nemis markasining eng kichik o‘lchamdagi yo‘ltanlamasi bo‘ladi va Q3, Q5 va Q7 modellari oldidan o‘rin oladi.

Audi Q2 modeli Volkswagen’ning MQB modul platformisida yaratilgan. Kossoverning uzunligi 4190 mm ni, ya'ni Audi Q3’nikidan 195 mm kamroqni tashkil qiladi. Mashinaning og‘irligi 1205 kg ni tashkil qiladi. Mashinaning tubi bilan yo‘l qoplamasi orasidagi masofa 200 mm ni tashkil qiladi. Yukxona hajmi 405 litr (yoki orqa o‘rindiq yig‘ilgan holatda 1050 litr).

Audi Q2’da asosiy dvigatel 116 ot kuchiga ega, 1 litrli 3 silindrli benzinli dvigatel bo‘ladi. Bundan tashqari, krossover uchun 1,4 litrli "turboto‘rtlik" hamda modelning top versiyasi uchun 190 ot kuchiga ega dvigatel taklif qilinadi.

Mashinaning dizelli dvigatellari qatori 116 ot kuchiga ega 1,6 litrli va 150 va 190 ot kuchiga ega 2 litrli dvigatellarni o‘z ichiga oladi. Avtomobilning uzatmalar qutisi "mexanik" yoki "robot" shakldagi ikki ilashishli Sitronic’dan iborat.

Krossover adaptiv kruiz-kontrol, "o‘lik" hududlar, qatorlar bo‘yicha harakatlanishni kuzatish va yo‘l belgilarini tanish tizimi bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, Q2 avtomatik ravishda parallel va perpendikulyar parkovka qilish va avtoturargohdan mustaqil ravishda chiqishni amalga oshira oladi.

Bazaviy krossover oldi g‘ildiraklari tortuvchi holda taklif qilinadi. Mashinaning 2 litrli dvigatelga ega qimmatbaho versiyalari to‘liq privod tizimini oladi.

Bundan tashqari, yo‘ltanlamasni qayta sozlangan sport podveskasi va yo‘l qoplamasi bilan mashinaning tubi o‘rtasidagi oraliq 10 mm kamroqni tashkil qilgan variantiga buyurtma bersa bo‘ladi.

Optsiyalar sifatida mashinada raqamli asboblar panedi, proyeksiyalovchi displey, yo‘ldoshli navigatsiya, Apple CarPlay va Android Auto interfeyslarini qo‘llab-quvvatlovchi MMI multimedia majmuasi bilan taklif qilinadi.

Audi Q2 Ingolshtadtdagi korxonada yig‘iladi. Krossover 2016 yil avgustida sotuvga chiqariladi.