"Oskar" mukofotlari taqdimotining telereytinglari oxirgi 8 yil ichida eng past darajada bo‘ldi
"Oskar" mukofoti taqdimoti translyatsiyasining televizion auditoriyasi oxirgi 8 yil ichida eng past darajada bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
AQSh milliy statistika agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda taqdimotni jonli efir orqali 34,3 mln amerikalik tomosha qildi.
2015 yilda uni 36,6 mln kishi, 2014 yilda esa 43,7 mln kishi ekran oldida tomosha qilgandi.
Taqdimotning eng past reytingi 2008 yilda qayd qilingan, o‘shanda bu taqdimotni ekran oldida 32 mln amerikalik tomosha qilgan.
Biroq, "Oskar"ni efirga uzatgan ABC telekompaniyasining ta'kidlashicha, aynan "Oskar" mukofotlari taqdimoti yil bo‘yicha eng katta reytingga ega bo‘lgan mukofotlar taqdimoti bo‘ldi.
Avvalroq "Oskar" taqdimoti AQSh fuqarolarini kamroq darajada qiziqtirayotgani ma'lum qilingandi.