Sharja qirg‘og‘ida bahaybat kitning o‘ligini topishdi
15 metrlik kitning o‘ligini suv Sharja amirligidagi Kalba (Kalba) shahriga yaqin Al Qarm (Al Qarm) qirg‘og‘iga yuvib chiqargan, deb xabar beriladi Al Bayan (Al Bayan) gazetasida.
Kit tanasining balandligi 1.82 metr (6 fut) bo‘lgan. Sharja Tabiat va muhofaza qilingan maydonlar qo‘mitasi hamda Kalba shahri hokimiyati kit tanasi bilan shug‘ullanmoqda. Guvohlarning aytishicha, kitning tanasi kecha dengiz suvlari tomonidan qirg‘oqqa chiqarib yuborilgan. Kalba hokimiyati kitning tanasini qirg‘oqdan olib, ko‘mish uchun maxsus mashinalar va qurilmalar taqdim etdi.
Sharja Tabiat va muhofaza qilingan maydonlar qo‘mitasi kit tanasining bo‘laklarini ilmiy laboratoriyaga uning qaysi turga mansubligini bilish uchun jo‘natdi.
Qo‘mita vakilining fikriga ko‘ra, “Kit kema bilan urulib ketish oqibatida halok bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin, chunki sutemizuvchi dumining bir qismi yo‘q ekan”.
نفق حوت بطول قد يزيد عن 10 أمتار تقريبا على شاطئ بحر كلباء pic.twitter.com/9VDyjUMNn6
— شبكة أخبار كلباء (@Net_kalba) 28 fevralya 2016 g.