Iqtisodiyot | 07:24 / 01.03.2016
2151
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning ishlab chiqarish faolligi indeksi minimum ko‘rsatkichini yangiladi

Xitoy iqtisodiyotining sanoat tarmog‘idagi ishlab chiqarish faolligi indeksi fevral oyida 0,4 punktga, ya'ni 49,0 punktgacha qisqarib ketdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Tahlilchilar 49,3 punktgacha qisqarishni prognoz qilgandilar.

Bunda xizmatlar sohasidagi indeks pasayishni o‘sishdan ajratuvchi 50 punktdan oshdi hamda 52,7 punktga yetdi. Yanvar oyida o‘sish  tez sur'atlar bilan borgandi va 53,5 punktni tashkil qilgandi.

Fevral boshida Xitoyning ishlab chiqarish faolligi indeksi uch yil ichidagi minimum qiymatiga erishgani ma'lum bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish