Jamiyat | 14:23 / 02.03.2016
4923
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda kuchli smogdan burundagi tuklar yordamida himoyalanishni targ‘ib etuvchi antiqa reklama namoyish etildi

Ushbu video yaratuvchilarining fikricha, mana shu yo‘l bilangina kelajakda kuchli smogdan omon qolish mumkin.

«Biz jiddiy muammolarni olib chiqish bilan birga, uni hal etish yo‘llari haqida ham bosh qotiryapmiz», — dedi WildAid's China portali vakili May Mey.

Rolikning shiori «Havodagi o‘zgarishlar seni o‘zgartirmasa, sen uni o‘zgartir» bo‘lib, velosipedga o‘xshash ekologik toza trnasportlardan foydalanishga chaqiradi.