Jahon | 18:17 / 03.03.2016
3895
1 daqiqa o‘qiladi

BAAdagi Fujayra shahrida qattiq yomg‘ir tufayli suv toshqinlari ko‘paydi

2 mart kunidan beri Fujayra shahrida qattiq yomg‘ir quyishi va momaqaldiroqlar tufayli suv toshqinlari sodir bo‘lmoqda.

“Ummon dengizi va BAA sharqiy qirg‘og‘ining ustida hosil bo‘lgan bulutlar yog‘ingarchilikka sabab bo‘lmoqda”, - deya noqulay ob-havo haqida ogohlantiradi BAA Meteorologiya va seysmologiya milliy markazi.

Yog‘ingarchiliklar payshanba tongigacha davom etib, Hor Fakkan (Khor Fakkan), Dibba (Dibba) va Masafi (Masafi) shaharlarida suv ko‘payganligi tufayli vaqtinchalik yo‘llar berkitilgan.

Достонбек Матёкубов
Tayyorlagan Достонбек Матёкубов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish