Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:07 / 03.03.2016
4237
1 daqiqa o‘qiladi
Finlyandiyada xotin-qizlarning armiyaga yozilishi rekord darajaga yetdi
Finlyandiyada xotin-qizlarning armiyada xizmat qilishga ixtiyori ravishda yozilishlari rekord darajaga yetdi. Bu haqda Yle xabar bermoqda.
Ma'lum qilishlaricha, ushbu ko‘rsatkich 842 nafar kishini tashkil etgan.
Bu haqda mamlakat quruqlikdagi qo‘shin matbuot xizmati xabar bergan.
O‘tgan yili ana shunday xotin-qizlar hisobi 800 nafarni, undan oldingi yil esa 818 nafarni tashkil etgan edi.
Ma'lum qilishlaricha, armiyaga xizmat qilishni ixtiyoriy istovchi xotin-qizlarning aksariyati Uusimaa va Janubi-G‘arbiy Finlyandiya hududlaridan bo‘lishgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish