Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google Zika virusi bilan kurashga 1 mln dollar xayriya qiladi
AQShning Google kompaniyasi Zika virusi bilan kurashga 1 mln dollar xayriya qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniyaning rasmiy logida ma'lum qilindi.
Ma'lum qilinishicha, pullar BMTning Bolalar jamg‘armasi – YUNISEF va boshqa tashkilotlarga bu xavfli kasallikdan vaksina yaratish bo‘yicha sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yuboriladi.
Shuningdek, kompaniya tomonidan bu virus haqida barcha ma'lumotlarni saqlash uchun axborot-tahliliy platforma yaratish uchun mutaxassislar jalb qilinadi.
Bu plaftormani yaratishdan maqsad Zika virusining turli hududlarda tarqalish xavfini aniqlash, YUNISEF, mamlakatlar hukumatlari va nohukumat tashkilotlariga ularning bu kasallikka qarshi kurashda vaqtlari va kuchlarini qayerga va nimaga qaratishlarida yordam berishdan iborat.