Jahon | 11:23 / 03.03.2016
5319
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada 7,8 balli zilziladan keyin kuchli aftershoklar qayd etildi

Indoneziyada 3 mart kuni tongida o‘tgan kuni ro‘y bergan 7,8 balli kuchli zilziladan keyingi aftershoklar sezildi.

Qayd etilishicha, sunami xavfi e'lon qilinganidan keyin mamlakat janubi-g‘arbidagi Padang shahri aholisi o‘rtasida sarosima boshlangan. Ular 2004 yilgi fojia (o‘shanda sunami 200 mingdan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lgandi) takrorlanishidan qo‘rquvga tushishgan.

Xabarda aftershok tufayli halok bo‘lganlar haqida ma'lumotlar yo‘q.

Milliy meteorologiya agentligi ma'lumotiga ko‘ra, tun davomida jami 6 marta aftershok qayd etilgan.

Ma'lumot uchun. Aftershok — asosiy seysmik zarbaga qaraganda kuchsizroq bo‘lgan takroriy seysmiy silkinishlar. Kuchli zilzilalar har doim o‘z ortidan ko‘plab aftershoklarni boshlab keladi. Ularning soni va magnitudasi vaqt o‘tishi bilan kamayib boradi.

Indoneziyadagi zilzila: Qurbonlar bor, sunami xavfi e'lon qilindi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish