Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ivitsa Olich Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Ayni vaqtda Germaniyaning "Gamburg" jamoasi safida o‘ynayotgan xorvatiyalik hujumchi Ivitsa Olich terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi haqida e'lon qildi. Bu haqda Xorvatiya futbol ittifoqi rasmiy saytida xabar berilgan.
"Milliy terma jamoadagi barcha do‘stlarimga o‘tgan g‘alabali o‘yinlar uchun minnatdorchilik bildirishni istayman. Shuningdek barcha xorvatiyaliklar hamda muxlislarga, yaqinlarimga doimo qo‘llab-quvvatlab turishgani uchun alohida rahmat aytaman. Terma jamoaga Fransiyada o‘tkaziladigan Yevropa chempionatida omad tilayman", deydi 36 yoshli futbolchi.
Olich 2002 yildan buyon terma jamoa safida 104 o‘yin o‘tkazgan va 20ta gol urgan.