Jamiyat | 12:01 / 03.03.2016
1753
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyadagi tonnelga Robin Uilyams nomi berildi

Kaliforniya shahri hukumati San-Frantsisko yaqinidagi tonnelga aktyor Robin Uilyams nomini berishdi, deb xabar beradi NBC.

Undan siyosatchi Uilyam Ualdo nomi qo‘yilgan taxtachalar olib tashlanib, o‘rniga yangilari o‘rnatilgan. Tonneldan o‘tuvchi №101-shosse, aktyor yashab, vafot etgan Marin okrugiga olib boradi.

Taxtachalarni almashtirish uchun 3 ming dollar sarflangan bo‘lib, transport kompaniyasiga xayriya etilgan mablag‘ tomonidan ajratilgan. Avvalroq, Robin Uilyams o‘zining timsolidan foydalanishni 25 yilga taqiqlagani ma'lum qilingan edi.

 

Достонбек Матёкубов
Tayyorlagan Достонбек Матёкубов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish