Sport | 22:45 / 03.03.2016
2908
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik sportchilar trampolin bo‘yicha Jahon kubogida ishtirok etadilar

Trampolin (batutada sakrash) bo‘yicha 4 karra olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Yekaterina Xilko va Husanboy Jonibekov Bokuda bo‘lib o‘tadigan Jahon kubogi bosqichida ishtirok etadilar.

Hozirda ikkala sportchi ham Bokuda bo‘lib, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etmoqdalar.

Musobaqa yakunlangandan keyin Yekaterina Xilko va Anna Kasparyan 19 aprelda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan musobaqaga tayyorgarchilik ko‘rishni boshlaydilar. Aynan shu musobaqada Olimpiadaga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish uchun kurash olib boriladi.

Yekaterina Xilko i Anna Kasparyan 2015 yil noyabrda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining 24 nafar eng kuchli sportchisi orasiga kirdilar va saralash bosqichlarida Olimpiadaga litsenziya olish uchun kurashish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish