Texnologiya | 18:36 / 03.03.2016
4380
1 daqiqa o‘qiladi

O‘ziga xos musobaqada dron sportkarni ortda qoldirdi

Dronlar o‘rtasida o‘tkazilgan birinchi jahon chempionati — World Drone Prix 2016 reklama roligi mualliflari Dubayda McLaren 650s sportkari va uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparati o‘rtasida o‘ziga xos musobaqa tashkillashtirishdi. G‘alaba dronga nasib etdi. Uning videosi YouTube’da joylashtirilgan.

Avtomobil va uchuv moslamasining yo‘nalishi o‘rtasida farq bo‘ldi, albatta. Dron Burj-Xalifa osmono‘parining tomidan ko‘tarilgan bo‘lsa, bu vaqtda McLaren yo‘lda harakatlanishda davom etdi. Rolik so‘ngida dronni yosh bola boshqargani oydinlashadi.
Ma'lumot uchun World Drone Prix 2016 2016 yilning 10 martidan 12 martiga qadar Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tadi.

rah
Tayyorlagan rah
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish