Sport | 10:53 / 03.03.2016
1544
2 daqiqa o‘qiladi

Pellegrini: «Biz o‘tgan haftadagi o‘yinlardan keyin tiklana olmadik»

Angliyaning «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Angliya chempionatining 28-turidagi «Liverpul»ga qarshi uchrashuv (0:3) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bunday vaziyatlarda sabab topish qiyin, ammo o‘ylashimcha biz o‘tgan haftadagi o‘yindan keyin o‘zimizni qayta tiklay olmadik. Chempionlar Ligasi va Liga Kubogi finalidan keyin biz o‘zimizni to‘liq yaxshi his qila olmadik. «Liverpul» bugun yaxshi o‘ynadi.

Oxirgi 2 kunda futbolchilar qayta tiklanishi uchun yengil mashg‘ulotlar o‘tkazdik. Ammo bugun raqib barcha yakkakurashlarda g‘alaba qozondi va bizdan tezroq harakat qildi.

Bizda hujum qilish, xavfli vaziyatlarni yaratish o‘xshamadi.

APL chempionligi uchun kurash yanada qiziq kechadiganga o‘xshaydi, biz ham kurashni davom ettiramiz», – ta'kidladi murabbiy.

Yurgen Klopp: «Manchester Siti»ga futbol o‘ynash imkoniyatini bermadik»

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish