Texnologiya | 18:59 / 03.03.2016
8053
2 daqiqa o‘qiladi

Virtuali-Tee futbolkasi odam anatomiyasini o‘rganishda yordam beradi

Kickstarter saytida odam anatomiyasi haqida ko‘proq ma'lumot olishga yordam beruvchi g‘aroyib Virtuali-Tee nomli futbolkaga mablag‘ yig‘ish o‘tkazilmoqda. Agar smartfon kamerasini shu futbolkani kiygan odamga yo‘naltirilsa, uning ichki organlarni ko‘rish mumkin. Bunday tashqari, ekranda statik tasvir emas, balki animatsiya ko‘rsatiladi. Uning ishlash jarayoni juda oddiy – futbolka ustiga maxsus surat tushirilgan bo‘lib, uni maxsus dastur o‘qiganda ichki organlar tasviri ekranga chiqadi.

Dasturchilar Virtuali-Tee futbolkasi bilan birga to‘ldirilgan va virtuallashtirilgan reallik texnologiyalaridan ham foydalanishmoqda. Masalan, VR-garniturasi smartfon kamerasi ochilib taqilsa, “rentgen ko‘rish” qobiliyatiga ega bo‘lib, unda insonning ichki a'zolarini ko‘rishingiz mumkin.

Smartfon yoki planshet ekranidagi tasvir ustida ishlash imkoniyati ham mavjud. Misol uchun, tomirlarda qon qanday oqayotganini ko‘rish mumkin.

Virtuali-Teega Kickstarterda 18 funt sterlingiga buyurtma berishingiz mumkin.

Достонбек Матёкубов
Tayyorlagan Достонбек Матёкубов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish