Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olland Suriyada iyulda saylovlar o‘tkazilishi mumkinligiga ishonmayapti
Fransiya prezidenti Fransua Olland Suriyada iyulda saylovlar o‘tkazilishini noreal deb hisoblamoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Olland, shuningdek, Suriyadagi o‘t ochishni to‘xtatish tartibidan hukumatning siyosiy yo‘l bilan o‘zgarishi borasidagi muhokamalarni tezlashtirish uchun foydalanish zarurligini aytdi.
Germaniya kansleri Angela Merkel o‘z navbatida Fransiya, Germaniya, Rossiya, Buyuk Britaniya va Italiya yetakchilari Suriyada iloji boricha tezroq siyosiy jarayonning boshlanishi zarurligi haqidagi umumiy fikrni bildirishganini ta'kidlab o‘tdi.