O‘zbekiston | 14:44 / 04.03.2016
4476
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent lok-bo‘yoq zavodiga yangi rahbar tayinlandi

Toshkent lok-bo‘yoq zavodi aksiyadorlarining navbatdan tashqari majlisida korxonaga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda UzDaily nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, aksiyadorlar qaroriga muvofiq Isroil Rahimov Toshkent lok-bo‘yoq zavodi Bosh direktori etib tayinlangan. U bu lavozimga vaqtinchalik bosh direktor vazifasini bajarib turgan Ulug‘bek Alimuxamedovning o‘rniga tayinlangan.

Toshkent lok-bo‘yoq zavodi 1945 yilda tashkil qilingan bo‘lib, hozirda Markaziy Osiyodagi eng yirik lok-bo‘yoq ishlab chiqaruvchi korxona sanaladi.