Jahon | 08:13 / 05.03.2016
2985
1 daqiqa o‘qiladi
Braziliyaning sobiq prezidenti 3 soatlik so‘roqdan keyin politsiya bo‘limini tark etdi
Braziliyaning sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva Petrobras energetik kompaniyasidagi korrupsiya ishi bo‘yicha 3 soat so‘roq qilingandan keyin politsiya bo‘limini tark etdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Da Silva politsiyadan chiqqandan keyin u hech narsadan qo‘rqmasligini va tergov "sahnalashtirilganini" aytdi.
Prokuraturada sobiq prezidentga uning korruptsion sxemaga aloqadorligi haqida 39 betlik isbotlar borligiga qaramasdan hech qanday ayblov qo‘yilmagani ma'lum qilindi.
Avvalroq da Silva korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olingani ma'lum qilingandi.