Ramzon Qodirov: Ruslan Chagayev Yulduz Usmonova timsolida uni qo‘llab-quvvatlayotgan butun O‘zbekistonni ko‘rdi
Bugun 5 martda Ruslan Chagayev Checheniston poytaxti Grozniyda avstraliyalik bokschi Lukas Braun bilan jang qiladi. Chagayev WBA talqini bo‘yicha chempionlik unvonini himoya qiladi.
Shu munosabat bilan 4 martda Grozniydagi restoranlardan birida bokschilarning vaznini o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Checheniston rahbari Ramzon Qodirov shu munosabat bilan katta bazm dasturxoni yozdi. Bazmga taklif qilingan mehmonlar orasida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ham bo‘ldi va u sahnada "Adoying bo‘lgaymiz seni O‘zbekiston" qo‘shig‘ini kuylab berdi.
Ramzon Qodirov ijtimoiy tarmoqlardan biridagi sahifasida shu sababli Yulduz Usmonovaga o‘z minnatdorchilik so‘zlarini bildirdi.
"Assalomu alaykum! Mening qadrli OG‘AM Ruslan Chagayev o‘zining oilasi bilan Germaniyada yashab, mashg‘ulot o‘tkazmoqda, "Axmat" boksyorlik klubi nomidan jang qilmoqda. Uning Vatani, uning Ota makoni – O‘zbekiston! Men bilamanki, Ruslan bu davlatni butun qalbi bilan sevadi! Bugun Ruslanning hayotida katta hodisa – kechki payt WBA versiyasi bo‘yicha o‘ta og‘ir vazn toifasida eng kuchli bokschilardan biri Lukas Braun bilan jang bo‘ladi! Grozniydagi "Safiya" tantanalar saroyida vaznni o‘lchash marosimida Ruslan kutilmagan tuhfa oldi – uni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘zbek estradasi yulduzi, millionlab odamlarning sevimli xonandasi, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikiston xalq artisti Yulduz Usmonova tashrif buyurdi. U O‘zbekiston haqida "Davom-davom" qo‘shig‘ini kuylab berdi. Ishonchim komilki, Ruslan bundan yanada ruhan tetiklashdi. Uni kuzatayotib, Ruslan sahnada uni bu mas'uliyatli onda qo‘llab-quvvatlayotgan butun O‘zbekistonni ko‘rdi! Men Yulduzga bunday qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman!", deb yozdi Qodirov.
Chagayev ishtirokidagi boks kechasi MATCh-TV telekanali orqali Toshkent vaqti bilan soat 00:00 dan efirga uzatiladi.
#Repost @kadyrov_95 with @repostapp.・・・Assalamu alaykum! Moy dorogoy BRAT Ruslan Chagayev so svoyey semyoy jivyot i trenir...
Opublikovano Nilufar Usmonova 5 marta 2016 g.