Respublikachi Ben Karson AQSh prezidentligi poygasidan chiqib ketdi
AQSh prezidenti lavozimiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Ben Karson o‘zining saylovoldi kampaniyasini to‘xtatdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bu haqda u Merilend shtatidagi konservatorlar anjumanida ma'lum qildi.
"Bu yerda meni yaxshi ko‘radigan odamlar ko‘p, lekin ular menga ovoz bermaydilar", deb aytdi Karson.
Karsonning aytishicha, u o‘z kampaniyasining kelajagini ko‘rmayapti. "Men kampaniyamni tark etayotganimga qaramasdan, mamlakatni qutqarishga urinishlarga o‘z hissamni qo‘shishda davom etaman", deb aytdi Karson.
Karson 3 martda Fox News telekanalidagi debatlarda ishtirok etmadi.
Prezidentlik poygasida respublikachilardan milliarder Donald Tramp, senator Ted Kruz, senator Marko Rubio va Ogayo gubernatori Jon Keysik ishtirok etishda davom etmoqda.