Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 21:15 / 06.03.2016
6492
1 daqiqa o‘qiladi
Tennischi Mariya Sharapova favqulodda matbuot-anjumani o‘tkazadi
Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova 7 martga favqulodda matbuot-anjumani belgiladi. Anjuman Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tadi, unda sportchi muhim xabarni e'lon qiladi, deb aytilmoqda tennischining rasmiy saytida.
Sharapova oxirgi marta kortga 2016 yilning yanvarida Avstraliya ochiq chempionatida chiqqan edi va musobaqaning chorakfinalida Serena Uilyamsga yutqazib qo‘ygandi. Hozirda rossiyalik tennischi dunyo tennischilari reytingida 7-o‘rinni egallamoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish