YeI qochqinlar uchun "Bolqon yo‘nalishi"ni yopib qo‘ymoqchi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining Bryusseldagi sammiti vaqtida qochqinlarning Gretsiya orqali "Bolqon yo‘nalishi" bo‘yicha Yevropaning boshqa mamlakatlariga o‘tishini cheklash masalasini muhokama qilishadi. Germaniyadagi Bild nashri muharriri bu bo‘yicha hujjat matnini o‘z tvitteriga joylashtirgan.
Secret! Draft Statement #EU leaders for summit w #Turkey on Western Balkans route: "This route is now closed" #EUCO pic.twitter.com/cgY3oqfbNn
— Dirk Hoeren (@DirkHoeren) 6 marta 2016 g.
"Bolqon orqali qochqinlarning notekis oqimiga barham beriladi", deyiladi hujjatda.
7 mart kuni Bryusselda YeI davlatlari hamda Turkiya ishtirokida navbatdagi sammit boshlanadi. Unda Yevropadagi muhojirlar inqirozi masalasi muhokama qilinadi. Anqara qochqinlarni o‘z hududida saqlab turish uchun 3 mlrd yevro miqdorida mablag‘ so‘rashni rejalashtirgan.
Chexiya prezidenti Milosh Zeman Turkiyaga muhojirlar uchun 3 mlrd yevro ajratilishiga qarshi chiqqani haqida xabar berilgandi.