AQSh Respublikachilar partiyasi rahbariyati "maxfiy" uchrashuvda Donald Trampni muhokama qildi
Donald Tramp AQSh tadbirkorlik instituti tomonidan xususiy orolda tashkil etilgan har yilgi Dunyo forumida muhokama uchun asosiy mavzu bo‘ldi. Bu uchrashuvda milliarderlar, innovatsion kompaniyalar bosh direktorlari hamda AQSh Respublikachilar partiyasi oliy rahbariyati a'zolari ishtirok etdi, deb xabar bermoqda The Huffington Post nashri.
Bu tadbirga taklif qilingan mehmonlar orasida Apple rahbari Tim Kuk, Google asoschisi Larri Peyj, Napster asoschisi Shon Parker hamda SpaceX asoschisi Ilon Mask ham bo‘ldi.
Nashr The Weekly Standard asoschisi Uilyam Kristol bergan ma'lumotlarga iqtibos keltirgan holda AQShning siyosiy va tadbirkor hukmron doiralari vakillari Trampning Respublikachilar partiyasi nomidan prezidentlik saylovlariga nomzodi ko‘rsatilishini bartaraf etish usullarini muhokama qilishgan.
Shu bilan birga manbalarning ma'lumotlariga ko‘ra, barcha e'tibor "buni qanday bartaraf etish" masalasiga emas, balki "bu qanday sodir bo‘ldi" degan masalaga qaratildi.