Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:29 / 08.03.2016
1610
1 daqiqa o‘qiladi
Kaliforniyada poyezdning relsdan chiqib ketishi natijasida 14 kishi jabrlandi
AQShning Kaliforniya shtatida shahar tashqarisida harakatlanuvchi poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida 14 kishi jabrlandi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Voqea Kaliforniya shtatining markaziy qismida, Sanole yo‘lida kuzatilgan. Halokat joyida Alamida okrugi o‘t o‘chiruvchilari xizmati ish olib borgan.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, 14 jabrlangan shaxsdan to‘rt nafari jiddiy jarohat olgan. O‘t o‘chiruvchilari bergan xabarga ko‘ra, poyezddagi barcha yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan. Poyezdda jami 214 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish