Jahon | 09:14 / 09.03.2016
4296
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanilayotganini ma'lum qildi

BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga zid ravishda raketa sinovlarini amalga oshirgani uchun AQSh Kongressi Eronga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llash rejalashtirilyapti. Bu haqda spiker Pol Rayan bergan ma'lumotga asoslanib, Reuters xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron AQSh va uning hamkorlariga nisbatan munosabatini o‘zgartirmas ekan, Kongress mamlakatga nisbatan sanksiyalar ishlab chiqishda davom etaveradi.

Ma'lum bo‘lishicha, agar Eron tomonining yangi raketa sinovini amalga oshirgani tasdiqlansa, unga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishi aniq. Bu haqda AQSh davlat departamenti vakili Jon Kirbi aytib o‘tgan.