Jamiyat | 17:29 / 09.03.2016
10901
1 daqiqa o‘qiladi

Javohir Zokirov o‘zini o‘zbek kinosidagi "eng qimmat aktyorlar" qatorida sanadi

Zokirovlar sulolasi vakili aktyor, Javohir Zokirov “Darakchi” nashriga bergan intervyusida qaysi rejissyorlar filmlarida suratga tushmasligi haqida ma'lum qildi.

Bunday rejissyorlar qatorida u O‘zbekistonning eng mashhur ijodkorlarini tilga olgan: “Yolqin To‘ychiyev, Ayub Shahobiddinov, Hilol Nasimov, Zulfiqor Musoqov... Agar katta gonorar to‘lashsa, mayli, o‘ylab ko‘rishim mumkin”.

Shuningdek, “qancha gonorar olasiz”, deya berilgan savolga “Juda ko‘p. Men O‘zbekistondagi eng “qimmat” aktyorlardan biriman”, deb javob qaytargan.

Suhbat asnosida “Sotqin” va “Baron” filmlarini tomosha qilib, maza qila olmaganini ham ta'kidlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish