Jahon | 09:46 / 09.03.2016
1782
1 daqiqa o‘qiladi

Oq uy Liviyadagi IShID marralariga aviazarbalar berishga tayyor ekanligini ma'lum qildi

AQSh rahbariyati har qanday vaziyatda Liviyadagi IShID terrorchilik guruhi marralariga aviazarba berishga tayyor ekanligi ma'lum qilingan. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest aytib o‘tgan, deb xabar bermoqda Reuters.

«Agar u yerda bizning milliy xavfsizligimizga xavf soladigan marralar aniqlansa, unda malakat prezidenti uni yo‘q etishga ruxsat beradi», — dedi u.
U bu haqda AQSh prezidenti Liviyadagi IShID masalasiga munosabati borasida tashkillashtirilgan matubot anjumanda aytib o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish