Sport | 20:08 / 09.03.2016
2019
1 daqiqa o‘qiladi
«Tottenhem» abonementlar narxini keyingi mavsum uchun oshirmaydi
«Tottenhem» rahbariyati keyingi mavsumdagi jamoa o‘yinlari uchun chiptalarga narx belgilash siyosatini qayta ko‘rib chiqdi.
Londonliklar klubi saytida xabar qilinishicha, jamoa o‘yinlari uchun abonementlar narxi keyingi yilda ham joriy yildagi kabi qoladi. Abonementlar egalari uning amal qilish muddatini uzaytirishlari mumkin, bu ish boshlanishi haqida yaqin vaqt ichida xabar qilinadi.
«Tottenhem» rahbariyati bayonotida aytilishicha, bu qaror futbolda muxlislarning manfaati birinchi o‘rinda turishi hisobga olingan holda qabul qilingan va «Uayt Hart Leyn» stadionida fantastik muhit saqlab qolinishiga umid bildirilgan.