Jamiyat | 10:38 / 10.03.2016
6887
1 daqiqa o‘qiladi

Bangkok ko‘chalaridagi yuzlab pandalar (Foto)

Tailand poytaxti Bangkokda fransiyalik rassom Paulo Granjonning «1600 panda» nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. «RIA Novosti» saytiga bu ko‘rgazmadan fotojamlanma joylashtirilgan.

Bunday ko‘rgazmadan asosiy maqsad sayyora tabiati saqlash va asrab-avaylashga muhtoj ekanligini eslatishdan iborat hisoblanadi.

Ko‘rgazma shu kungacha Fransiya, Italiya, Germaniya va Janubiy Koreyada ham o‘tkazilgan. Ko‘rgazmaning Tailanddagi qismi mamlakatning turli hududlarida 24 martga qadar o‘tkaziladi.

Qayd etish kerakki, yovvoyi tabiatda aynan 1600 dona panda qolgan va ko‘rgazmaning nomlanishi shunga asoslanadi. Rassom pandalar qayta ishlangan qog‘oz yordamida yasagan va uning pandalaridan hech biri boshqasidan farqlanadi.