Jahon | 11:07 / 10.03.2016
3046
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: meldoniy moddasi AQSh aksildoping agentligi tashabbusi bilan taqiqlangan

Meldoniy AQSh aksildoping agentligi (USADA) maxfiy manbadan Sharqiy yevropalik sportchilar uni doping sifatida ishlatishlari haqidagi ma'lumotni olgandan keyin Butunjahon aksildoping agentligining (WADA) taqiqlangan moddalari ro‘yxatidan joy oldi, deb ta'kidlamoqda USA Today nashri. USADA bu ma'lumotni olgandan keyin bu masalani har yili o‘tkaziladigan simpoziumda ko‘tardi hamda 2014 yil oktabrida meldoniy WADA kuzatuv olib boradigan dori vositalari ro‘yxatiga kiritildi. 2014 yil oxirida WADA’da saqlangan 8,5 mingta turli siydik namunalari tekshirildi. Mildronat moddasi 2,2 foiz sportchilarning namunalarida aniqlangan, e'tiborga molik tomoni, bu sportchilarning barchasi Sharqiy yevropalik sportchilar bo‘lgan.

Ushbu tadqiqot natijalari WADA’ning 2016 yil 1 yanvardan meldoniyni o‘z qora ro‘yxatiga kiritish uchun asos bo‘lgan.

O‘tgan bir necha kun ichida mildronat moddasi rossiyalik sportchilar – tennischi Mariya Sharapova, figurali uchuvchi Yekaterina Bobrova, short-trek bo‘yicha Olimpiya chempioni Semen Yelistratov, konkichi Pavel Kulijnikov, short-trekchi Yekaterina Konstantinova va voleybolchi Aleksandr Markin namunalarida aniqlangan.