Sport | 12:41 / 10.03.2016
4792
2 daqiqa o‘qiladi

Roy Kin Azar va Di Mariyaning harakatidan hayratdaligini bildirdi

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq futbolchisi Roy Kin «Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azarning YeChL 1/8 final javob uchrashuvidan o‘rin olgan «PSJ»ga qarshi o‘yin (1:2) tanaffusi vaqtida parijliklar vakili Anxel Di Mariya bilan futbolkalarini almashganiga tanqidiy munosabat bildirib o‘tdi. 

«Bunday vaziyatlarga izoh berish qo‘rqinchli. Bu hattoki o‘yin tugaganidan keyin ham amalga oshirilishi yaxshi bo‘lmagan holat edi. Birinchi bo‘limning tugashi bilanoq bunday yo‘l tutish… Men shunchaki hayratdaman! 

Futbolchilar nimani o‘ylashdi? Shunday muhim o‘yin – ular esa tanaffus paytida futbolkalarni almashtirishni o‘ylab o‘tirishsa? Men o‘yin so‘nggidayam bu ishni qilmagan bo‘lardim», — deya ta'kidladi Kin.

Xiddink: Azar Di Mariya bilan futbolka almashmasligi kerak edi, muxlislarning unga hushtakbozlik qilishga haqqi bor