Gilerme va Kerjakov Rossiya terma jamoasiga chaqirildi
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Leonid Slutskiy 26-29 mart kunlarida Litva (Moskva) va Fransiya (Parij) terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan 29 futbolchidan iborat kengaytirilgan ro‘yxatni aniqlab oldi. 22 mart kuni bu o‘yinlarga tayyorgarlik boshlanadi.
Qayd etilishicha, ro‘yxatdan ilk bor "Lokomotiv" jamoasi darvozaboni, o‘tgan yil oxirida Rossiya fuqaroligini olgan braziliyalik darvozabon Gilerme joy olgan. Shuningdek, ayni vaqtda "Tsyurix" jamoasida ijara asosida o‘ynayotgan Aleksandr Kerjakov ham chaqiruv olgan.
Darvozabonlar: Igor Akinfeyev (TsSKA), Gilerme («Lokomotiv»), Stanislav Kritsyuk («Krasnodar»), Yuriy Lodigin («Zenit»);
Himoyachilar: Aleksey Berezutskiy, Vasiliy Berezutskiy, Sergey Ignashevich (barchasi – TsSKA), Yuriy Jirkov, Igor Smolnikov (ikkisi – «Zenit»), Dmitriy Kombarov («Spartak»), Oleg Kuzmin («Rubin»), Dmitriy Torbinskiy («Krasnodar»);
Yarimhimoyachilar: Denis Glushakov («Spartak»), Igor Denisov, Aleksey Ionov (ikkisi – «Dinamo»), Aleksandr Golovin, Alan Dzagoyev, Roman Shirokov (barchasi – TsSKA), Oleg Ivanov («Terek»), Ilya Maksimov («Anji»), Pavel Mamayev («Krasnodar»), Aleksandr Samedov, Dmitriy Tarasov (ikkisi – «Lokomotiv»), Oleg Shatov, Artur Yusupov (ikkisi – «Zenit);
Hujumchilar: Artem Dzyuba, Aleksandr Kokorin (ikkisi – «Zenit»), Aleksandr Kerjakov («Tsyurix»), Fedor Smolov («Krasnodar»).