Jahon | 12:23 / 11.03.2016
1570
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Tojikistonda mashg‘ulot o‘tkazish uchun aviaguruhini kuchaytiradi

Rossiyaning Qirg‘izistondagi "Kant" aviabazasidagi Su-25SM rusumli shturmoviklar Tojikistonga ko‘chiriladi. Bu haqda Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘mondoni yordamchisi polkovnik Yaroslav Roshchupkinga asoslangan holda RIA Novosti xabar bergan.

Rejaga ko‘ra, Rossiya va Tojikiston harbiylari hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishadi.

"Samolyotlar Dushanbedan 30 km masofadagi Ayni aerodromiga joylashtiriladi", deydi Roshchupkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish