Jahon | 07:00 / 12.03.2016
1214
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadada musulmonlar qabristonida otishma sodir etildi

Kanadaning Alberta viloyatida musulmonlar qabristonida sodir etilgan otishma oqibatida 3 kishi jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazildi, deb xabar bermoqda CBC News telekanali

Mahalliy politsiya otishmadan sal avvalroq qabristonda dafn marosimi bo‘lib o‘tganini ma'lum qildi.

Ayni vaqtda voqea joyida ko‘plab politsiyachilar ish olib bormoqda. Butun hudud o‘rab olingan va voqea guvohlari so‘roq qilinmoqda.

Mahalliy amaldorlar dastlab 4 kishi yaralangani haqida ma'lum qilishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish