Sport | 16:53 / 13.03.2016
1374
1 daqiqa o‘qiladi

Odam go o‘yinida kompyuterni to‘rtinchi urinishda yengdi

Go bo‘yicha jahonning professional o‘yinchilaridan biri bo‘lmish Janubiy korealik Li Sedol AlphaGo kompyuter dasturi ustidan to‘rtinchi partiyada g‘alaba qozondi. Undan oldingi uch partiyada u mag‘lubiyatga uchragan edi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan AlphaGo dasturidan insonning qo‘li ustun kelishi, uning mukammal emasligidan, uni yanada takomillashtirish zarurligini ko‘rsatib qo‘ydi.

Li undan oldingi partiyalarda yutqizganini sababini AlphaGo dasturi strategiyasining nozik jihatlarini topa olmasligi bilan izohlagandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish