Jahon | 08:41 / 14.03.2016
1156
1 daqiqa o‘qiladi

Boliviyada samolyot bozor ustiga qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Boliviyaning shimoli-sharqidagi qishloqda yengil motorli samolyot bozor ustiga qulab tushishi oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘lib, 15 kishi jarohatlangan. Bu haqda El País xabar bergan.

Bu voqea Santa Ana del Yakuma qishlog‘ida ro‘y bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning biri uchuvchi, 3 nafari samolyot yo‘lovchisi. Shuningdek, yerdagilardan 2 kishi - sotuvchi ayollar hodisa qurboniga aylanishgan. Jarohatlanganlarning aksari sotuvchilar va xaridorlar bo‘lishgan.

Listin Diario nashri ma'lumotiga ko‘ra, samolyot bozor qoq markazidagi sotuvchi va xaridorlar ko‘p bo‘lgan bino tomiga qulagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish