Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:32 / 14.03.2016
964
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiya xavfsizlik kuchlari Anqaradagi teraktga kurdlar aloqador bo‘lishi mumkinligini aytmoqda
Turkiya xavfsizlik kuchlari vakillari Anqaradagi portlashning dastlabki tergovi hujumga Kurdiston ishchi partiyasining kurd jangarilari aloqador bo‘lishi mumkinligidan darak berayotganini aytishdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.
Avvalroq ma'lum qilinganidek, Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘lu hujum sababli favqulodda yig‘ilish o‘tkazilishini e'lon qilgan.
13 martda kechki payt Anqara markazida kuchli portlash sodir etilgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida 34 kishi halok bo‘lgan, 125 kishi jarohatlangan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish