Samsung o‘zining Waffle ijtimoiy tarmog‘i ustida ishlamoqda
Samsung kompaniyasi o‘zining xususiy Waffle nomli mobil ijtimoiy tarmog‘i ustida ish olib bormoqda. Bu haqida kompaniya blogida xabar berildi.
Waffle birdanga bir necha foydalanuvchilar uchun kollaj yaratish hususiyatiga ega. Avval biriinchi foydalanuvchi fotosuratni yuklaydi, keyin uning atrofida bo‘sh katakdan iborat to‘r paydo bo‘ladi. Unga boshqa foydalanuvchilar ham o‘z suratlarini to‘ldirishlari mumkin. Natijada “jamoaviy instagram” hosil bo‘ladi.
Biroq Waffle ishlash prinsiplari ko‘rsatilgan qisqa rolikda ba'zi bir detallar to‘liq ochib berilmagan. Masalan, kim kollajga surat qo‘shishi yoki o‘zgartirish kirita olishi mumkinligi ko‘rsatilmagan. Shuningdek, surat bo‘sh kataklarsiz tugallangan ko‘rinishi uchun birinchi rasm atrofida yana jami 8ta fotosurat paydo bo‘lishi kerak. To‘ldirilmagan suratlar qo‘yiladimi, yo‘q, tushunarsiz tasvirlangan.