Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 16:51 / 16.03.2016
2316
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘istonlik usta BMW’ni Bugatti Veyron superkariga aylantirdi
Qozog‘istonlik usta qiymati 35 million tanga turuvchi Bugatti Veyron superkarining nusxasini yasadi. Bu haqda Kolesa.kz xabar bermoqda.
Usta avvaliga Bugatti Veyron superkari kupesiga o‘xshab ketuvchi boshqa modeldagi mashina qidirdi. Ana shunday mashinalardan biri Qozog‘istonning Pavlodar shahridan topildi. Bu 2007 yilda ishlab chiqarilgan BMW 6-Series edi.
“Superkar” kuzovi metalldan ishlangan bo‘lib, katta ehtimol bilan mashinani og‘irlashtirgan. Ammo yukxona saqlanib qolgan.




