Jahon | 17:13 / 17.03.2016
1387
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada rossiyaliklarning yana 13ta telekanali taqiqlandi

Ukrainada rossiyaliklarning yana 13ta telekanali faoliyati taqiqlab qo‘yildi. Bu haqda UNIAN xabar tarqatgan.

Bu haqidagi qaror Ukraina televideniye va radioeshittirishlar milliy kengashi tomonidan qabul qilingan.

«Ukraina televideniye va radioeshittirishlar milliy kengashi Ukraina hududida Rossiyaning «Radost moya», «Muzyka Pervogo», «Ocean-TV», «HD Life», «TDK», «24 Dok», «Detskiy», «STV», «Indiya TV», «Zdorovoye televideniye», «Lya-minor TV», «Yevrokino» va «Drive» telekanallari efirga uzatilishi bo‘yicha taqiq qo‘lladi», deyiladi xabarda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish