Jahon | 21:57 / 18.03.2016
1594
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya harbiy-koinot kuchlari Suriyada IShIDga qarshi zarbalar berishni davom ettirmoqda

Rossiya harbiy-koinot kuchlari Suriyada IShID va “Jibhad an-Nusra” terrorchilik guruhlari jangarilariga qarshi zarbalar berishni davom ettirmoqda, deb Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i Sergey Rudskoy bayonotini keltirmoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Shuni ta'kidlamoqchimanki, Rossiya harbiy-koinot kuchlari Suriyada IShID va “Jibhad an-Nusra” jangarilariga qarshi zarbalar berishni davom ettirmoqda”, deb aytdi Rudskoy.

Rudskoy Rossiya samolyotlari har kuni Palmira shahrini ozod qilinishini qo‘llab-quvvatlash uchun jangarilarga 25 taga yaqin zarba berayotganini ta'kidladi.

“Oxirgi kunlar Rossiya HKK aviatsiyasi ko‘magida Suriya hukumat qo‘shinlari va vatanparvarlik kuchlari tomonidan Palmira shahrini ozod qilish bo‘yicha katta ko‘lamli operatsiya o‘tkazilmoqda. O‘rtacha, kuniga Rossiya samolyotlari 20-25 ta jangovar parvoz amalga oshirmoqda”, deb qo‘shimcha qildi Rudskoy.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish