O‘zbekiston | 15:45 / 19.03.2016
2200
2 daqiqa o‘qiladi

1 aprelgacha Toshkent shahridagi barcha tuman soliq inspeksiyalari dam olish kunlarisiz ishlaydi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi fuqarolarga shuni ma'lum qiladiki, 2016 yil 1 aprelgacha Toshkent shahridagi barcha tuman soliq inspeksiyalari dam olish kunlarisiz ishlaydi. Bu haqda norma.uz xabar bergan.

Daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya topshiradigan ishlovchi soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish hamda boshqa soliqqa doir masalalarni hal qilish uchun hududiy soliq inspeksiyalari begim kunlari o‘z ish kunlarini ikki soatga uzaytiradi. Dam olish kunlari ham ko‘rsatilgan davr ushbu organlar uchun ish vaqti bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishdan bo‘yin tovlash, deklaratsiyani o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin noto‘g‘ri ma'lumotlarni taqdim etish Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

1 aprel kuni yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirish muhlati tugashi eslatib o‘tildi