Jahon | 18:23 / 19.03.2016
1146
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya hukumati Istanbuldagi teraktga aloqadorligi gumon qilingan shaxsni qo‘lga oldi

Turkiya hukumati Istanbulda amalga oshirilgan teraktga aloqadorlikda gumon qilingan shaxslardan birini qo‘lga oldi. Bu haqda NTV telekanaliga asoslanib, Sputnik xabar tarqatgan.

Portlash shaharning sayyohlar gavjum bo‘lgan Istiqlol ko‘chasida terrorchi hudkush tomonidan sodir etildi. Terakt natijasida 4 kishi halok bo‘lgan va 36 kishi jarohatlangan.

Hozircha bu terakt uchun javobgarlikni hech qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish