Jahon | 20:20 / 20.03.2016
1048
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada harbiy vertolyot falokatga uchradi

Indoneziyaning markazida harbiy vertolyot quladi, deb xabar bermoqda “Sinxua” axborot agentligi.

Vertolyot bortida 13 nafar harbiy bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ularning barchasi halok bo‘lgan.

OAV xabar berishicha, vertolyot hukumat bilan radikal jangarilar o‘rtasida partizan urushi borayotgan Sulavesi oroli ustida falokatga uchragan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish