Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xaridor sotib olgan qimmat soati o‘rniga pochtadan tosh oldi
Ishonuvchan xaridor 14,700 dirhamga (4004 dollar) onlayn auksion saytidan «markali» soat sotib olgan. Ammo qimmat soat o‘rniga u kichik toshni xarid qilgan.
Abu Dabi politsiyasining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i Tohir Al Dhaheriyning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanuvchi-sug‘urta kompaniyasining boshqaruvchisi, politsiyaga oltin soat sotib olish maqsadida onlayn auksionda qatnashganligi, buning uchun 14,700 dirhamni kredit karta orqali to‘laganligi va soat o‘rniga “tosh” olganligi haqida xabar bergan.
Al Dhaheriy xaridorlardan onlayn saytlar orqali narsa sotib olayotganda, saytning rasmiy ekanligiga, manzillarini, telefon, faks raqamlarini va kompaniyaga tegishli ma'lumotlarni tekshirib, so‘ng xaridni amalga oshirishlarini so‘rab murojaat qildi. Faqatgina ular yuborgan elektron xatlarga ishonishmasliklarini ham ta'kidladi.
Shuningdek, u “onlayn xaridni amalga oshirishda balansni cheklovchi maxsus kredit kartalardan foydalanishingizni va cheklarning elektron va qog‘oz nusxalarini saqlashni ham tavsiya etaman”, — deb davom ettirdi.