Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Murmansklik bemor o‘lik bilan bir xonada yotishga majbur bo‘ldi
Rossiyaning Murmansk viloyatida yashovchi fuqaro “Sevriba” shifoxonasida bir kun davomida o‘lik bilan bir palataga qolganidan shikoyat qildi. Bu haqda FlashNord xabar bermoqda.
"U shifoxonada yotgan bo‘lgan. Ikki soatga chiqib ketib, qaytib kelgach esa qo‘shni karavotda o‘lik yotganligining guvohi bo‘lgan", — dedi bemorning qarindoshi. Bemor xonadan o‘likni olib chiqib ketishlarini so‘ragan, ammo hamshira shifoxonaning morgida joy qolmaganligini, bir kuncha u shu yerda qolishligini aytgan.
Shifoxonada bu xabarni tasdiqlashdi. Ammo gap bir sutka haqida emas, aksincha bir necha soat haqida borayotganligini tasdiqlashdi. Shahar ma'muriyati ushbu vaziyat yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlab yuborishgan.